date

Frank Lebo'f Marseldagi murabbiy almashinuvi haqida fikr bildirdi

Frank Lebo'f Marseldagi murabbiy almashinuvi haqida fikr bildirdi

Fransiya terma jamoasi va «Marsel»ning sobiq himoyachisi Frank Lebo'f klubda murabbiylar o'zgarishi yuzasidan munosabat bildirdi. Italiyalik Roberto De Dzerbi o'rnini senegallik mutaxassis Habib Beye egalladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Habibning kelishi men uchun yaxshi g'oya, chunki u klubni ham, uning ichki ishlash tizimini ham biladi. U muvaffaqiyatga erishadimi? Hech bo'lmaganda, uning maqsadga yetishi uchun yetarli vosita va kuch bor. Uning qo'shilgani yaxshi. Bosh murabbiy sifatida sobiq marsellik bo'lishi — bu ajoyib», — dedi Lebo'f GFFN nashriga.

Habib Beye futbolchi sifatida «Marsel» safida 2003–2007 yillarda to'p surgan. Shuningdek, u «PSJ»ning zaxira jamoasi, «Strasbur» (u bilan Fransiya Kubogini yutgan), «Aston Villa», «Donkaster» va «Nyukasl»da ham o'ynagan hamda «Nyukasl»da bir mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Murabbiy sifatida esa «Red Star» va «Nitstsa» kabi jamoalarda ishlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Frank Lebo'f Marseldagi murabbiy almashinuvi haqida fikr bildirdi