Atletik Elche ustidan so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi

Ispaniya chempionatining 25-turida Bilbao "Atletik"i "San-Mames"da "Elche"ni qabul qildi. Uchrashuv boshida Oyan Sanset qulay vaziyatda zarbani nishonga yo'naltira olmadi, Inyaki Uilyamsning urinishini esa darvozabon qaytardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Yuriy Berchiche hujumni keskinlashtirdi va tezkor qarshi hujumni Gorka Guruseta 64-daqiqada gol bilan yakunladi — 1:0. Oradan besh daqiqa o'tib, Andre Silva penaltidan aniq zarba berib hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Shunga qaramay, mezbonlar yakunda o'z so'zini dedi: uchrashuvning so'nggi pallalarida Emerik Laport ishlab bergan 11 metrlik jarimani Guruseta sovuqqonlik bilan ijro etdi va "Atletik"ga g'alabani taqdim qildi — 2:1.
Ushbu natija Bilbao jamoasiga ketma-ket uchinchi g'alabani olib keldi va ular 7-o'rinni raqiblar bilan bo'lishib turibdi. "Elche" esa quyi ligaga tushib ketish zonasidan atigi bir ochko yuqorida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!