Laporta Gavi jarohatdan keyin juda qiynalganini aytdi

“Barselona” prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Gavi olgan jarohat haqida fikr bildirdi. 21 yoshli futbolchi o‘tgan yil avgust oyida safdan chiqqan, joriy mavsumda esa atigi ikki uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gavining tizzasidagi muammo jarrohlik amaliyotini talab qilgan. Klub uning maydonga qaytishini mart oyiga rejalashtirmoqda.
“Gavi jarohatdan keyin juda qiynaldi. U yig‘ladi. U o‘ynash uchun hamma narsaga tayyor edi, zarur bo‘lsa, qo‘ltiqtayoqda ham maydonga chiqardi”, — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Laportaga ko‘ra, futbolchi tiklanish jarayonida yaxshi oldinga siljimoqda. U og‘ir jarohatlar butun jamoa kayfiyatiga ta’sir qilishini ta’kidlar ekan, shifokorlar, murabbiylar va Gavining oilasi birgalikda ishlayotgani tiklanishni imkon qadar samarali qilishga xizmat qilayotganini qo‘shimcha qildi.
“Barselona”ning navbatdagi uchrashuvi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi, raqib — “Levante”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!