date

Barselona prezidentligiga nomzod Keynni olib kelmoqchi

Barselona prezidentligiga nomzod Keynni olib kelmoqchi

Kataloniyaning «Barselona» klubi tarixan ingliz futbolchilari bilan unchalik ham yaqin bo‘lmagan, biroq vaziyat asta-sekin o‘zgarmoqda. Jamoada allaqachon Markus Reshford to‘p surmoqda, kelajakda esa unga yana bir mashhur ingliz hujumchisi — Garri Keyn ham sherik bo‘lishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub prezidentligiga nomzod Xavyer Vilyaoana saylovda g‘alaba qozonsa, Keynni jamoaga taklif qilish niyatida ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Barselona» hujum chizig‘iga jarima maydonida hal qiluvchi zarba bera oladigan, sovuqqon yakunlovchi futbolchi zarur.

Vilyaoana Keynning atrofidagilar bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ham ta’kidlab, transfer masalasida professional yondashuv kerakligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 2022 yilda Robert Levandovskini aynan «Bavariya»dan o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona prezidentligiga nomzod Keynni olib kelmoqchi