date

Barselona va Atletiko 21 yoshli himoyachini kuzatmoqda

Barselona va Atletiko 21 yoshli himoyachini kuzatmoqda

“Rayo Valyekano”ning markaziy himoyachisi Nobel Mendi yaqin kelajakda Ispaniyaning yetakchi klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Madridning “Atletiko”si hamda “Barselona” 21 yoshli senegallik futbolchini istiqbolli transfer sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Mendi joriy mavsum La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Qayd etilishicha, hozirda himoyachi “Betis”ga tegishli bo‘lib, “Rayo Valyekano”da ijara asosida o‘ynamoqda. Biroq yozda u madridliklar safiga to‘liq transfer qilinishi kutilmoqda.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Mendining bozor qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona va Atletiko 21 yoshli himoyachini kuzatmoqda