Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

“Zenit”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futboli va terma jamoaning bugungi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Radimovning aytishicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: terma jamoa jahon chempionatiga chiqmay qolish xavfi ostida. Uning ta’kidlashicha, klublar legionerlar hisobiga natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, terma jamoaning umumiy darajasi yetarli emas.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi va Jyenaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa saralashdagi pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi.
2026 yilgi mundial yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!