date

Real Trentning maydondagi vaqtini qat'iy nazorat qilmoqda

Real Trentning maydondagi vaqtini qat'iy nazorat qilmoqda

Madridning «Real» klubi himoyachi Trent Aleksander-Arnoldning maydonda o‘tkazayotgan daqiqalarini sinchkovlik bilan boshqarmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ruben Martin Asensio bergan ma’lumotga ko‘ra, bunday yondashuv ingliz futbolchisining yaqinda olgan jarohatlari bilan bog‘liq. «Qirollik klubi» himoyachini mavsumning hal qiluvchi yakuniy qismida jamoa uchun muhim figura deb bilmoqda.

Trent Aleksander-Arnold 2025 yilda «Liverpul»dan «Real»ga 10 million yevro evaziga o‘tgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 14 o‘yinda maydonga tushib, ikki assist muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Trentning maydondagi vaqtini qat'iy nazorat qilmoqda