Lukman Atletikoda Suaresning samaradorligini takrorladi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Ademola Lukman yana gol urdi — bu safar «Espanol» darvozasini ishg‘ol etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Matraschilar»ning yangi futbolchisi 58-daqiqada aniq zarba berib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib esa u maydonni tark etdi.
28 yoshli forvard «Atletiko» safida barcha musobaqalarda o‘tkazgan dastlabki olti uchrashuvida to‘rtta gol urdi. Bu ko‘rsatkich klubda Luis Suaresdan beri eng yaxshisi bo‘lib, urugvaylik hujumchi 2020/21 mavsumida xuddi shunday natija qayd etgan edi.
La Liga grandi Lukmanni fevral boshida Italiyaning «Atalanta» klubidan 35 mln yevroga sotib olgandi.
Luis Suares «Atletiko»da 2020–2022 yillarda to‘p surgan. Shu davrda u madridliklar safida 83 o‘yinda 34 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!