Luis Enrike Fransiyadagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi

PSJ 23-tur doirasida «Mets»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Liga 1 turnir jadvalida yana peshqadamlikni qo‘lga oldi. Parij klubi safida Dезире Дуэ, Bredli Barkola va Gonsalu Ramush gol muallifiga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Amaldagi chempionlar raqiblar xatosidan ham unumli foydalandi: «Lans» avvalroq «Monako»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu natijadan keyin PSJ birinchi o‘ringa qaytdi.
Bosh murabbiy Luis Enrike L1+ bilan suhbatda «Lans»ning mavsumdagi o‘yinini yuqori baholab, oldinda hali 11 ta uchrashuv borligini ta’kidladi. Mutaxassis PSJ chempionlikni saqlab qolishi uchun jamoa o‘z ustida ishlashda davom etishi kerakligini aytdi.
Hozirda PSJ hisobida 54 ochko bor, «Lans» esa 52 ochko jamg‘argan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing