Real Madrid Mbappe holatidan xavotir olayapti

Madridning “Real” klubida yulduz hujumchi Kilian Mbappening so‘nggi uchrashuvlardagi holati muhokama markazida. Ispaniyaning Sport nashri yozishicha, “qirollik klubi” fransuz futbolchisining formasi pasayganidan xavotirda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, Mbappe yil boshidan beri tizzasida noqulaylik sezib kelmoqda. “Osasuna”ga qarshi shanba kungi o‘yin oldidan “Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa muammo hali ham borligini, biroq Kilian o‘zini avvalgidan yaxshiroq his qila boshlaganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” safarda “Osasuna”ga 1:2 hisobida yutqazdi, Mbappe esa 90 daqiqa davomida golli harakatlari bilan ajralib chiqmadi. Shunga qaramay, fransuz hujumchisi mavsumni yuqori darajada o‘tkazmoqda: 33 uchrashuvda 38 ta gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!