date

Anchelotti sobiq Real yulduzlaridan uch nafarini ajratib ko'rsatdi

Anchelotti sobiq Real yulduzlaridan uch nafarini ajratib ko'rsatdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real” safida to'p surgan ayrim futbolchilar kelajakda murabbiylikda ham o'zini ko'rsatishi mumkinligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Toni Kroos, Kazemiro va Luka Modrichni alohida tilga olib, ular murabbiy bo'lish uchun yetarli bilim va tajribaga ega ekanini qayd etdi. Anchelottining so'zlariga ko'ra, u bu uch futbolchi bilan ayrim qarorlari va yondashuvlarini muhokama qilgan.

Kroos faoliyatini allaqachon yakunlagan: germaniyalik yarim himoyachi Yevro-2024dan keyin futbol bilan xayrlashdi. Kazemiro hamon “Manchester Yunayted”, Modrich esa “Milan” safida maydonga tushishda davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti o'tgan yili “Real”dan ketgach, Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qabul qilib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti sobiq Real yulduzlaridan uch nafarini ajratib ko'rsatdi