date

Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz A Seriyaning kechagi "Komo"ga qarshi uchrashuvida jarohat oldi. Turin klubi bu bahsda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchiga chap boldir mushagi jarohati tashxisi qo‘yilgan. Shu sababli uning Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqichi doirasida 25 fevral kuni bo‘ladigan "Galatasaray"ga qarshi javob o‘yinida maydonga tushishi hozircha noma’lum.

Kenan Yildiz 2022 yilda "Bavariya"dan erkin agent sifatida "Yuventus" safiga qo‘shilgandi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 35 o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin