date

Bavariya vunderkindi Karl Kompani sabogini aytib berdi

Bavariya vunderkindi Karl Kompani sabogini aytib berdi

«Bavariya»ning hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karl klubda undan nimalar talab qilinishini ochiqladi. 22 fevral kuni germaniyalik iqtidor 18 yoshga to'ldi, u allaqachon Myunxen grandi asosiy jamoasida 31 ta uchrashuv o'tkazib ulgurgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karlning aytishicha, murabbiylar undan gollar urish, golli uzatmalar berish, umumiy o'yinda foydali bo'lish va himoyada ham jamoaga ko'maklashishni kutishadi. U aynan himoyaviy mas'uliyatning muhimligini professional futboldagi debyutidan beri tobora ko'proq anglab boryapti: akademiya davrida bu jihatga yetarlicha e'tibor bermaganini tan oldi.

Yarim himoyachi himoyada o'ynash borasida Vensan Kompani unga katta ta'sir ko'rsatganini ta'kidladi. «Oldin ham himoyalanish kerakligi aytilardi, ammo endi buni o'zim juda yaxshi tushunyapman», — dedi Karl.

Joriy mavsumda Lennart Karl hisobida 7 ta gol va 4 ta assist bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya vunderkindi Karl Kompani sabogini aytib berdi