Real Sosedad Zaxaryan uchun ko'proq mashg'ulot kerakligini aytdi

"Real Sosedad" klubi Arsen Zaxaryanning hozirgi holati yuzasidan fikr bildirdi. Yanvar oyidan beri jarohati sabab maydonga tusha olmagan futbolchi La Liganing 25-turida "Real Oviedo"ga qarshi uchrashuvda (3:3) 13 daqiqa o'ynab, safga qaytganidan keyingi ilk daqiqalarini o'tkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub matbuot xizmati vakillarining ta'kidlashicha, Zaxaryan tiklanishdan so'ng ilk bor o'yinda ko'rinish berdi. Endi unga ko'proq mashg'ulot kerak, shundan keyin u yaqin orada 90 daqiqa to'liq o'ynashga ham tayyor bo'ladi.
Joriy mavsumda Zaxaryan barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, 22 yoshli futbolchining bozor narxi 7,5 million yevroni tashkil etadi, uning "Real Sosedad" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!