date

Kivu Budyo-Glimtga qarshi javob o'yini oldidan fikr bildirdi

Kivu Budyo-Glimtga qarshi javob o'yini oldidan fikr bildirdi

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasida «Budyo-Glimt»ga qarshi javob uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoalar o'rtasidagi ilk bahsda Norvegiya vakili kutilmaganda o'z maydonida 3:1 hisobida zafar quchgandi.

«Batareyalarni qayta to'ldirishimiz kerak, ammo natijani o'z foydamizga o'zgartirishga qodirmiz va qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Jismonan ham, ruhan ham tayyormiz. Shuningdek, muvozanat zarur — ular hujumga tez o'tishda juda xavfli», — dedi mutaxassis Sky Sport Italia'ga.

«Inter» — «Budyo-Glimt» uchrashuvi ertaga, 24 fevral kuni Milan shahrida bo'lib o'tadi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Budyo-Glimtga qarshi javob o'yini oldidan fikr bildirdi