Panchenko Zaharyanga jamoasini o'zgartirish shart emasligini aytdi

“Dinamo”ning sobiq futbolchisi Kirill Panchenko “Real Sosedad” safida to'p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaharyan manziliga yo'llanayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Undan Zaharyan vaziyatni o'zgartirib, boshqa jamoaga o'tishi kerakmi, degan savol so'raldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Panchenkoga ko'ra, bunday qadamga hozircha ehtiyoj yo'q. “Menimcha, yo'q. Arsen o'z ishining professionalidir. Agar gap u gol ura olmagan epizod haqida bo'lsa, har bir futbolchi xato qilishga haqli”, — deya Panchenko so'zlarini Metaratings keltirdi.
U Zaharyanni yaxshi darajadagi futbolchi deb hisoblashini ta'kidlab, yarim himoyachi aynan “Real Sosedad”da o'z darajasini amalda isbotlab borishi kerakligini qo'shimcha qildi.
2025/2026 yilgi mavsumda Zaharyan 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali 22 yoshli futbolchining transfer qiymatini 7,5 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!