date

Laporta PSJ Yamalgа 250 mln yevro taklif qilganini aytdi

Laporta PSJ Yamalgа 250 mln yevro taklif qilganini aytdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta fransuzlarning «PSJ» jamoasi «ko'k-anorranglilar» qanot hujumchisi Lamin Yamalni sotib olishga uringanini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Laportaning so'zlariga ko'ra, parijliklar ikki yil avval Yamal transferi uchun 250 million yevro taklif qilgan, biroq «Barselona» bu taklifni rad etgan. O'shanda Lamin 17 yoshda bo'lgan, va bunday qarorni ayrimlar «aqldan ozish» deb baholagan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilda Yamal «Oltin to'p» uchun ovoz berishda ikkinchi o'rinni egallagan.

Ispan futbolchisining bozor qiymati 200 million yevroga baholanmoqda. Yamalning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta PSJ Yamalgа 250 mln yevro taklif qilganini aytdi