“Real” PSJ yulduzi Dezire Due uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

“Real” PSJ yulduzi Dezire Due uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Dezire Due transferi uchun 100 million yevro to'lashga tayyor.
  • “Real”
  • 2024 yilda “Renn”dan 50 million yevro evaziga PSJga o'tgan futbolchiga Parijdagidan ko'proq o'yin vaqti va kattaroq rol taklif qilmoqchi.
  • Due joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta o'yinda 8 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi, uning PSJ bilan shartnomasi esa 2029-yil iyunigacha amal qiladi.

Yevropa Chempionlar ligasi va Fransiya chempionatida amaldagi g‘olib sanaladigan “Pari Sen-Jermen” safida porlayotgan yosh hujumchi Dezire Due Madridning “Real” klubi diqqat markaziga tushdi. “Qirollik klubi” kelajagi yorqin deb baholanayotgan futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy muhokama qilayotgani aytilmoqda.

El Nacional jurnalistlari tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” rahbariyati Due transferi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Madridliklar bu summani shunchaki “nom” uchun emas, balki maydonda har o‘yinda o‘sib borayotgan iqtidor, tezlik, texnik harakatlar va hal qiluvchi vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyati uchun ajratmoqchi.

Qayd etilishicha, “Real” Dueni o‘ziga og‘dirishda asosiy “kozir” sifatida o‘yin vaqti masalasini ko‘ryapti. Ya’ni madridliklar Parijda olayotganidan ko‘ra ko‘proq daqiqa va kattaroq rol taklif qilish orqali yosh hujumchini ko‘ndirishni rejalashtirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Dezire Due 2024 yilda “Renn”dan PSJga 50 million yevro evaziga o‘tgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda esa u parijliklar safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda. Yaqinda esa Dezire Due Globe Soccer Awards versiyasiga ko‘ra, 2025 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etilgani ham tilga olinmoqda.

Qisqasi, “Real” yana bir bor kelajakka katta pul tikishga tayyor: agar bu transfer ro‘y bersa, Madridda yangi “yosh yulduz” davri boshlanishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar