Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentina klubi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish qaroriga keldi. Klub rasmiy sayti bu borada bayonot e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Galyardo o‘z lavozimini mamlakat chempionatidagi «Banfild»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng topshiradi. O‘yin 26 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Murabbiy ixtiyoriy iste’foga asosiy sabab sifatida jamoaning kutilgan natijalarni bera olmayotganini ko‘rsatmoqda: hozir «River Pleyt» turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo «River Pleyt» bilan murabbiy sifatida ikki bor ishlagan. U 2014–2022 yillardagi faoliyati davomida jamoa bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, Argentina chempionligi va Libertadores kubogidagi ikki g‘alaba ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing