date

"Everton"ga qarshi o‘yindan so‘ng Maykl Kerrikning saboqlari...

"Everton"ga qarshi o‘yindan so‘ng Maykl Kerrikning saboqlari...

APLning 27-turida “Everton”ga qarshi bahsdan so‘ng “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Maykl Kerrik uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U Premer-ligada har bir ochko, har bir g‘alaba qanchalik qiyin kelishini alohida ta’kidlar ekan, jamoa aynan shu muhitda “pishib”, tajriba to‘plab borayotganini aytdi.

— Bu Premer-liga. Bu yerda o‘yin yutish oson emas, lekin biz o‘rganyapmiz. Umuman olganda, o‘yin biz uchun yaxshi o‘tdi, — dedi Kerrik.

Murabbiyning fikricha, jamoa o‘yinni nazorat qilishga harakat qilgan, ammo asosiy muammo hujumning hal qiluvchi qismida — oxirgi uchdan bir hududda o‘zini ko‘rsatgan. Ya’ni, to‘pni oldinga olib chiqish bor, vaziyat yaratishga intilish bor, lekin eng oxirgi zarbada “uchqun” yetishmagan.

— Hujumning oxirgi uchdan birida biroz chaqqonlik, ijodkorlik yetishmadi. Jarima maydonida kuchliroq bo‘lishimiz kerak edi, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shunga qaramay, Kerrik o‘yin oxirida yaratilgan xavfli vaziyatlar va gol jamoaga ishonch berganini ta’kidladi. U bu holatni muhim signal deb hisoblaydi: hatto jamoa eng yuqori formada bo‘lmagan paytda ham natija olish mumkin.

— Bu bizga ishonch va kurash ruhini beradi. Demak, eng yaxshi holatda bo‘lmasak ham, baribir muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin, — dedi u.

Kerrik hujum chizig‘i haqida ham alohida to‘xtaldi. Uning aytishicha, oldindagi futbolchilar turli kuchli jihatlarga ega va bir nechta rolni bajara oladi. Shu “ko‘p funksiyalilik” jamoaning muhim ustunliklaridan biri ekan.

— Hujumdagi yigitlarning har biri turli kuchli tomonlarga ega, ular turli rollarda o‘ynay oladi — bu bizning plyus. Ba’zi o‘yinlarda ular o‘z pozitsiyasida emas, boshqa o‘rinda harakat qiladi. Agar ular vazifasini to‘g‘ri tushunib, yaxshi bajarsa, men bunga qarshi emasman. Bu bizga moslashuvchanlik beradi, — deya yakunladi murabbiy.

Qisqasi, Kerrikning messeji aniq: jamoa o‘sish yo‘lida, natija bor, lekin hujumda yanada “o‘tkirlik” qo‘shilsa, “Yunayted”ning o‘yini ham, tablodagi raqamlar ham yanada yoqimli ko‘rinish oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Everton"ga qarshi o‘yindan so‘ng Maykl Kerrikning saboqlari...