date

Prestianni Vinisius uni «pakana» deb haqoratlaganini aytadi

Prestianni Vinisius uni «pakana» deb haqoratlaganini aytadi

Yevropa futboli boshqaruv organi (UEFA) «Benfika» – «Real» uchrashuvidagi mojaroni hali to‘liq yakuniga yetkazgani yo‘q. Bahs davomida Vinisius Junior «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilikda ayblagandi. Dastlabki xulosalarda kamsitish alomatlari borligi qayd etilgani sababli Prestianni bir o‘yinga vaqtincha diskvalifikatsiya ham oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Times xabariga ko‘ra, Prestianni o‘z himoyasida Vinisius birinchi bo‘lib uni «pakana» so‘zi bilan haqoratlaganini ta’kidlamoqchi. Biroq bu holat ayblovlar bo‘yicha jiddiy oqlov sifatida qabul qilinmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, Janluka Prestiannining bo‘yi 166 santimetr.

Eslatib o‘tamiz, «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Javob uchrashuvi Madridda chorshanba, 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Prestianni Vinisius uni «pakana» deb haqoratlaganini aytadi