date

Laporta Messi Barsega qolishni istaganiga ishonadi

Laporta Messi Barsega qolishni istaganiga ishonadi

«Barselona»ning sobiq prezidenti Joan Laporta 2020/2021 yilgi mavsum yakunida Lionel Messining klubni tark etishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Laportaning aytishicha, Messi shartnomani uzaytirishni xohlagan, biroq uning atrofidagilar «PSJ» variantini ham rad etmagan. U yerda argentinalik yulduz uchun juda jozibador taklif bo‘lgan. «Messi qolishni istagani aniq, biz ham bor kuchimizni ishga soldik, lekin “Barselona”ning iqtisodiy ahvoli bunga imkon bermadi. O‘sha paytda klub moliyasi chegaraga kelib qolgan edi», — dedi Laporta 2Cat efirida.

Eslatib o‘tamiz, Laporta yaqinda «Barselona» prezidenti lavozimini tark etgandi. U mart oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda yana nomzodini ilgari surishni ko‘zlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Messi Barsega qolishni istaganiga ishonadi