Levandovski yozda Barselonadan Atletikoga o‘tishi mumkin

Hujumchi Robert Levandovski joriy yozda “Barselona”ni tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sport.es xabariga ko‘ra, polshalik forvardga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda. “Matraschilar” Levandovskini mavsum yakuniga qadar “ko‘k-anorranglilar” bilan yangi shartnoma imzolamasa, uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2022 yilda “Bavariya”dan “Barselona”ga 45 million yevro evaziga o‘tgan. Uning kataloniyaliklar bilan bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 31 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing