Osimhen Juventusda o'ynashni ko'p futbolchilar orzu qiladi

G'alatasaroy hujumchisi Viktor Osimhen Juventus haqidagi savolga munosabat bildirdi. So'nggi yillarda nigeriyalik forvardni bir necha bor "qari sinyora"ga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida gapirishgan, biroq transfer amalga oshmagan. O'tgan yozda G'alatasaroy Osimhenni Napoli klubidan 75 mln yevroga sotib olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Juventus — boy tarixga ega, dunyoning eng buyuk klublaridan biri. U yerda ko'plab afsonalar o'ynagan, bunday jamoada to'p surish — sharaf. Men G'alatasaroyda o'zimni baxtli his qilyapman, lekin kelajakda nima bo'lishini hech kim oldindan bilmaydi. O'ylaymanki, dunyo futbolchilarining 90 foizi Juventusda o'ynashni istaydi", — deya Osimhenning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
Chorshanba kuni jamoalar Yevropa Chempionlar ligasida javob uchrashuvini o'tkazadi. Ilk o'yinda Istanbul klubi o'z maydonida turinliklarni 5:2 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!