Luis Enrike matbuot anjumanida tashlab ketilgan sumkadan cho'chidi

Luis Enrike matbuot anjumanida tashlab ketilgan sumkadan cho'chidi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Monako»ga qarshi javob uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan uchrashdi. Matbuot anjumani davomida u o‘tirgan joyi yaqinida egasiz sumkani ko‘rib qolib, o‘rnidan turdi va uni tekshirib ko‘rishga yaqinlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Murabbiy sumkani qo‘liga olarkan, hazil aralash: «Bu sumkada nima bor? Ichida bomba bormi yoki nima?» dedi.

Ko‘p o‘tmay shubhali ko‘ringan sumkaning egasi topildi — u zalda hozir bo‘lganlardan biri ekani ma’lum bo‘ldi.

PSJ «Monako»ni chorshanba, 25 fevral kuni «Park de Prens»da qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Ilk o‘yinda parijliklar safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar