Kil ian Mbappe Realning Benfikaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Madridning «Real» klubi hujumchisi, fransuz yulduzi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi doirasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan yaqin uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qirollik klubi» matbuot xizmati pley-offning saralash bosqichi javob o'yini uchun tarkibni e'lon qildi. Ro'yxatda Mbappe yo'q — futbolchi jarohat olgani sababli uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
«Real» qaydnomasi: Kurtua, Lunin, Gonsales – Karvaxal, Alaba, Trent, Karreras, Fran Garsiya, Ryudiger, Mendi – Kamavinga, Valverde, Tchuameni, Gyuler, Sestero, Anxel, Palasios, Pitarch – Vinisius, Gonsalo, Braim Dias, Mastantuono.
«Real» – «Benfika» o'yini bugun, 25 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. Bahsning barcha voqealarini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!