Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt baravar oshirmoqchi

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachi Lennart Karlni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, klub yaqin vaqt ichida 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Germaniya chempioni Karlning mavsumlik maoshini 8 million yevrogacha oshirishga tayyor. Hozirda u yiliga 2 million yevro olmoqda.
Lennart Karl “Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Karlning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing