Gonudras Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan voz kechdi

Rossiya terma jamoasining bahorgi yig'iniga oz vaqt qoldi, biroq Rossiya futbol ittifoqi hali ham o'rtoqlik uchrashuvlari uchun barcha raqiblar nomini rasman e'lon qilgani yo'q. Shunga qaramay, ilk sparring Maliga qarshi bo'lishi deyarli aniq: afrikaliklar kelishuv borligini avvalroq tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sport24 xabariga ko'ra, RFU Gonudras terma jamoasiga ham taklif bilan chiqqan. Ammo Gonudras futbol federatsiyasi mart oyining so'nggi kunida Sankt-Peterburgda o'yin o'tkazish g'oyasini rad etgan.
Manbaga ko'ra, bu qaror Gonudras terma jamoasining mart oyidagi xalqaro tanaffus uchun oldindan tuzilgan rejalariga bog'liq.
Hozirda Gonudras FIFA reytingida 65-o'rinda turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing