18 yoshli Real futbolchisi: Bu men uchun orzu

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi T'yago Pitarch Chempionlar ligasi pley-offining «Benfika»ga qarshi javob uchrashuvidan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi. «Qirollik klubi» uyda 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli futbolchi o'yinning so'nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi. U bir hafta avval Lissabondagi bahsda ham xuddi shunday imkoniyatga ega bo'lgan edi. Bu Pitarch uchun «Real» asosiy jamoasi safidagi faoliyatida ilk ko'rinishlar bo'ldi.
«Bu jamoada o'ynash — orzu. Go'yo virtual reallik ko'zoynagida yurgandekman: yaqinda ular bilan FIFA'da o'ynardim, hozir esa hammasini real hayotda ko'ryapman», — deya Pitarchning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
«Real»ning «Benfika» ustidan uyidagi g'alabasiga Orel'en Tshuameni va Vinisius Juniordan urilgan gollar sabab bo'ldi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra madridliklar 3:1 umumiy hisob bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!