date

Vinisuisdan oldinda faqat besh futbolchi bor

Vinisuisdan oldinda faqat besh futbolchi bor

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Yevropa Chempionlar ligasi pley-offidagi «Benfika»ga qarshi bahsda jamoasining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchi ilk uchrashuvda yagona gol muallifi bo‘ldi, javob o‘yinida ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Real»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. 25 yoshli hujumchining Chempionlar ligasida «qaymoqranglilar» safidagi gollari soni 32 taga yetdi va u klub tarixida bu ko‘rsatkich bo‘yicha oltinchi o‘ringa chiqdi.

«Real» safida Kubok/Chempionlar ligasida Vinisiusdan ko‘proq gol urganlar ro‘yxatida faqat Krishtianu Ronaldu (105), Karim Benzema (78), Raul (66), Alfredo di Stefano (49) va Ferens Pushkash (35) bor.

Vinisius Junior 2018 yil yozidan beri La Liga grandi sharafini himoya qiladi. Hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisuisdan oldinda faqat besh futbolchi bor