Grizmann kelasi haftada Atletiko bilan xayrlashishi mumkin

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann yaqin kunlarda jamoani tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
El Larguero xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi MLS vakili “Orlando Siti” bilan kelishuvga juda yaqin. Kutilmagan holatlar bo‘lmasa, bitim tez orada yakunlanishi mumkin. Fransuz futbolchi 7 mart kuni “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda “Metropolitano” muxlislari bilan xayrlashishi kutilmoqda. MLS klublari uchun transfer oynasi 26 martgacha ochiq.
Grizmann “matraschilar” safida barcha musobaqalarda jami 481 o‘yinda maydonga tushib, 210 ta gol va 95 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Joriy mavsumda esa 36 uchrashuvda 12 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, yana 2 marta jamoadoshlariga assist bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing