Erik Garsiya Barselona 0:4 dan ham qaytadi deb ishonadi

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya jamoaning so'nggi o'yinlari va natijalari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Garsiya ta'kidlashicha, kataloniyaliklar odatda tez-tez g'alaba qozonishga o'rganib qolgan. Shu bois ketma-ket ikki marta omadsiz o'yin bo'lsa, vaziyatni chuqur tahlil qilish va xatolardan saboq chiqarish muhim. Uningcha, bu jarayon mavsumning hal qiluvchi qismida jamoani yanada kuchliroq qiladi.
«Biz ligada yana yetakchilikni qaytardik. Kubokda ham vaziyatni o'nglashimizga ishonchim komil. Oldinda Yevropa Chempionlar ligasi bor — u yerda eng qiziqarli bosqichlar boshlanadi», — deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «Barselona» Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida «Atletiko»dan 0:4 hisobida yirik mag'lubiyat qabul qilgan, undan keyin La Ligada «Jirona»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Biroq so'nggi turda «ko'k-anorranglilar» «Levante»ni 3:0 hisobida ishonchli tarzda yengib, chempionatda yana birinchi o'ringa ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!