Nikolас Jekson Bavariyadagi rolidan norozi bo'lib qoldi

Myunxenning «Bavariya» klubida hujumchi Nikolас Jekson o'zining hozirgi holatidan qoniqmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko'ra, senegallik futbolchi jamoada o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'layotgan yagona o'yinchi hisoblanadi. Uning ranjigani jamoa ichida ham sezilmoqda. Qolgan futbolchilar esa cheklangan rolini qabul qilib, ko'proq daqiqaga munosib bo'lish uchun harakat qilmoqda.
«Bavariya» Nikolас Jeksonni 2025 yil sentabrida «Chelsi»dan mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgan. Kelishuvda futbolchini 65 million yevroga sotib olish bandi ham bor. Joriy mavsumda u «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 22 uchrashuv o'tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing