date

Goal talqinida Chempionlar ligasining asosiy favoritlari yangilandi

Goal talqinida Chempionlar ligasining asosiy favoritlari yangilandi

Goal portali jurnalistlari pley-off yo‘llanmalari uchun o‘tkazilgan stykovoy raund yakunidan so‘ng Chempionlar ligasi favoritlari reytingini qayta tuzdi. Ro‘yxat tepasida hamon Londonning “Arsenal”i turibdi. Qizig‘i, “kanonirlar” klub tarixida hali biror marta ham Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Arsenal”ning turnirdagi eng katta yutug‘i 2006 yilgi final bo‘lib qolmoqda: o‘shanda londonliklar hal qiluvchi bahsda “Barselona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Yangilangan reytingda ikkinchi o‘rinni “Bavariya” egalladi, kuchli uchlikka esa “Manchester Siti” ko‘tarildi.

Keyingi o‘rinlar quyidagicha joylashgan: “Liverpul”, “PSJ”, “Barselona”, “Real”, “Chelsi”, “Atletiko”, “Sporting”, “Nyukasl”, “Atalanta”, “Bude-Glimt”, “Tottenhem”, “Galatasaroy”, “Bayer”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida g‘oliblikni “PSJ” qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Goal talqinida Chempionlar ligasining asosiy favoritlari yangilandi