Semin PSJ Chempionlar ligasini yana yutishi mumkinligini aytdi

Tajribali murabbiy Yuriy Semin PSJning joriy mavsumdagi imkoniyatlarini yuqori baholadi. Uning fikricha, Luis Enrike boshqaruvidagi parijliklar Chempionlar ligasini ketma-ket ikkinchi yil ham qo‘lga kiritishga qodir. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi tarixida ilk bor g‘olib chiqqan edi. Finalda parijliklar «Inter»ni 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratib, sovrinni qo‘lga kiritgan.
Semin bu safar ham klubda ob’ektiv imkoniyatlar yetarli ekanini ta’kidladi. U fransuz chempionatida ko‘plab futbolchilar rotatsiya orqali maydonga tushirilganini eslatib, jamoa asosiy kuchini Chempionlar ligasiga asrayotgandek taassurot uyg‘otganini aytdi.
PSJ pley-off saralash bosqichida «Monako»dan osonlikcha o‘ta olmadi: safarda 3:2 hisobida yutdi, uyda esa 2:2 durang qayd etdi. Endi 1/8 finalda parijliklarni jiddiy raqib kutmoqda — ularga «Barselona» yoki «Chelsi»dan biri to‘qnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!