date

Diego Kosta Atletikoda qolsa Simeoneni o'ldirishini aytgan

Diego Kosta Atletikoda qolsa Simeoneni o'ldirishini aytgan

Madridning «Atletiko» klubida to'p surgan sobiq hujumchi Diego Kosta jamoani tark etish haqida o'ylagan paytlarini eslab berdi. Uning aytishicha, yulduzga aylanishidan oldin Simeone bilan munosabatlar juda tarang bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kostaning so'zlariga ko'ra, 2012 yilda Diego Simeone uni asosiy tarkib rejalariga kiritmasligini bildirgan. Futbolchi esa muntazam o'ynashni xohlashini aytib, ketishga majbur ekanini ta'kidlagan.

U o'sha davrda «Chelsi»ga qarshi Yevropa Superkubogi uchrashuvida (4:1) maydonga tushishga yaqin bo'lganini, ammo so'nggi almashinish paytida Simeone Falkaoni Emrega almashtirib, uni zaxirada qoldirganini aytdi. Kosta bu holatni juda og'ir qabul qilganini yashirmadi.

Hujumchi keyin agenti Jorje Mendeshga qo'ng'iroq qilib, zudlik bilan yangi klub topib berishini so'ragan va hissiyotga berilib, aks holda Simeoneni o'ldirishini aytgan. Kosta jarohatdan keyin tiklanib, mashg'ulotlarda ishlagan bo'lsa-da, baribir maydonga tushirilmagani transfer oynasining so'nggi kunida uni ketish haqidagi fikrga yanada yaqinlashtirganini qo'shimcha qildi.

Eslatib o'tamiz, Diego Kosta 2014 yilda «Chelsi»ga ko'chib o'tgan, to'rt yildan keyin esa yana «Atletiko»ga qaytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Diego Kosta Atletikoda qolsa Simeoneni o'ldirishini aytgan