date

Lans Strasburg safarida ochko yoqotib, peshqadamlikka chiqa olmadi

Lans Strasburg safarida ochko yoqotib, peshqadamlikka chiqa olmadi

Fransiya Liga 1 24-turining ochilish uchrashuvida “Lans” jadval tepasiga qaytish uchun safarda “Strasburg”ni mag‘lub etishi kerak edi. Biroq mehmonlar bu vazifani uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dastlab xavfli vaziyat mezbonlarda yuzaga keldi: Xulio Ensiso hisobni ochishga yaqin kelgandi, ammo darvozabon zarbani burchak to‘piga chiqarib yubordi. 18-daqiqada esa Xoakin Panichelli himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, darvoza tomon yorib kirdi va hujumni gol bilan yakunladi — 1:0. “Lans” safida Odsonn Eduar jarima maydonida nazoratsiz qolgan epizodda nishonga aniq ura olmadi.

62-daqiqada favorit hisobni tenglashtirdi: Mamadu Sangare uzoqdan yo‘llagan zarbasi aniq chiqdi — 1:1. Durangdan so‘ng “Strasburg” 7-o‘rinda qolmoqda, “Lans” esa 2-pog‘onada va yetakchidan atigi bir ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lans Strasburg safarida ochko yoqotib, peshqadamlikka chiqa olmadi