Nant futbolchilari Ramazon paytida maydon chetida ovqatlandi

Fransiya chempionatida Afrika davlatlaridan kelgan musulmon futbolchilar ko‘p. Ayni kunlarda ular uchun Ramazon oyi davom etmoqda: bu davrda kunduz kuni yeb-ichishdan tiyilish an’anasi bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq «Nant»ning so‘nggi o‘yinida hamma ham bu qoidalarga qat’iy amal qilavermasligi ko‘rindi. Uchrashuv davomida jamoa darvozaboni Antoni Lopes jarohat olib, tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan paytda qiziqarli holat yuz berdi.
Shu paytda «Nant»ning bir necha futbolchisi, jumladan liviyalik Ali Yussef, misrlik Mustafa Moxammed va marokashlik Yussef El-Arabi yon chiziq oldiga borib, hech nima bo‘lmagandek tamaddi qilib, suv ichib oldi.
Telekameralar bu epizodga alohida urg‘u berdi va natijada arab mamlakatlarida ushbu holat yuzasidan bahs-munozaralar avj oldi.
Ta’kidlash joiz, Fransiya ligasi rahbariyati Ramazon munosabati bilan rasmiy tanaffuslar joriy etmaydi. Bu borada APL va Bundesliga amaliyoti boshqacharoq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!