Lans bir yil ichida ilk bor ketma-ket g'alaba qozona olmadi

Fransiya chempionatining 27-turi start oldi va PSJning asosiy ta'qibchilaridan biri bo'lgan “Lans” safarda “Strasburg”ni yenga olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu tariqa “Lans” bir yil ichida ilk marta Liga 1 doirasida ketma-ket ikki o'yinda ham g'alaba qozona olmadi. Avvalgi turda jamoa “Monako”ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan, garchi o'yin davomida 2:0 oldinda borayotgan bo'lsa ham.
“Lans” oxirgi bor chempionatda ketma-ket ikki va undan ortiq o'yinda g'alaba qozona olmagan davr 2025 yil fevral—mart oylariga to'g'ri keladi. O'shanda bu seriya to'rt uchrashuv davom etgandi.






























Izohlar 0
…