Agent Djikiya maydonga tushmagani jarohat bilan bog'liq dedi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiyaning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov rossiyalik futbolchi so'nggi paytlarda nega o'yin amaliyotisiz qolganiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiya jarohatidan to'liq tiklanib bo'lgan va jamoaning yangi bosh murabbiyi endi unga tayanmoqda.
Arutyunov "Chempionat" nashriga bergan fikrida, "Fenerbahche"ga qarshi uchrashuvda Djikiya asosiy tarkibdan joy olishi mumkinligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, klubda allaqachon uchinchi murabbiy almashgan va har birining qarashi boshqacha, ammo maydonga tushmagani jarohat oqibati bo'lgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Djikiya Turkiya chempionati va kubogida jami 13 o'yinda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing