Karpin o‘rtoqlik o‘yinlarida natijaga yopishmaslikka chaqirdi

Karpin o‘rtoqlik o‘yinlarida natijaga yopishmaslikka chaqirdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Mali va Nikaragua terma jamoalariga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu bahslarda eng muhimi natija emas. Karpin terma jamoaga ishonch bildirilayotgan va murabbiylar shtabi ko‘rishni istayotgan futbolchilarning barchasini chaqirishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, kutilmagan holatlar bo‘lmasa, hamma yig‘inga yetib keladi.

Rossiya — Nikaragua uchrashuvi 27 mart kuni Krasnodardagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Mali bilan o‘yin esa 31 mart kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UEFA qaroriga ko‘ra xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar