Nikolo Barella Interda qolish borasida yakuniy qaror qabul qildi

Yozgi transferlar davri arafasida Nikolo Barellaning Milanning «Inter» klubidan ketishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ko‘paygandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu mish-mishlar «neradzurrilar» Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan ko‘p o‘tmay tarqala boshladi. Insayder Ekrem Konur xabariga ko‘ra, «Inter» yarim himoyachini sotishni rejalashtirmoqda emas, futbolchining o‘zi ham klubda qolib, faoliyatini davom ettirish niyatida. Manbaga ko‘ra, milanliklar hatto Barella bo‘yicha keladigan takliflarni ham jiddiy ko‘rib chiqmasligi ehtimoli yuqori.
29 yoshli italiyalikning «Inter» bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Barellaning transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing