Andronov Dortmunddagi Borussiya va Bavariya o'yini g'olibini aytdi

Bundesliga doirasidagi navbatdagi uy uchrashuvida Dortmundning «Borussiya»si Myunxenning «Bavariya» jamoasini qabul qiladi. Mazkur to'qnashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Andronovning ta'kidlashicha, bahsda «Bavariya» yaqqol favorit. Uningcha, dortmundliklar ichki muammolarini hal qilib olishi kerak, ustiga ustak, Ryerson ham bu o'yinni o'tkazib yuboradi. Sharhlovchi tikish sifatida «Bavariya»ning g'alabasini tanladi.
«Borussiya» — «Bavariya» uchrashuvi bugun, 28 fevral kuni Dortmund stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan. Bahs arafasida mezbonlar turnir jadvalida ikkinchi o'rinda, mehmonlar esa peshqadam sifatida kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!