date

PSJ Chelsi bilan o'yinlar orasidagi ligaviy bahsni ko'chirdi

PSJ Chelsi bilan o'yinlar orasidagi ligaviy bahsni ko'chirdi

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida PSJ Chelsi bilan to'qnash keladi. Ilk uchrashuv 11 mart kuni Parijda, javob o'yini esa 17 mart kuni Londonda o'tkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ikki bahs oralig'ida Luis Enrike jamoasi Liga 1 doirasida Nantga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Biroq parijliklar so'roviga ko'ra o'yin boshqa sanaga ko'chirildi.

Fransiya Professional futbol ligasi PSJning Nant bilan uchrashuvni keyinga surish haqidagi iltimosi qanoatlantirilganini ma'lum qildi. Klub Chelsi bilan muhim o'yinlarga yaxshiroq tayyorlanish uchun shunday qarorga kelgan, Nant esa bu taklifga qarshi bo'lmadi.

Nantga qarshi uchrashuv 20 aprel haftasida o'tkaziladi. Aniq sana va boshlanish vaqti keyinroq e'lon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Chelsi bilan o'yinlar orasidagi ligaviy bahsni ko'chirdi