date

Kompani Bavariyaning Dortmund ustidan g'alabasini yuqori baholadi

Kompani Bavariyaning Dortmund ustidan g'alabasini yuqori baholadi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesligada Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi. Myunxen klubi safarda asosiy ta'qibchisini 3:2 hisobida mag'lub etdi, uchrashuv davomida hisobda ortda ham qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Bugungi o'yin Bundesliganing zo'r reklamasiga aylandi. Impuls, shiddat, gollar, tribunadagi 80 ming tomoshabin — hammasi ajoyib edi. "Borussiya" bosim qilishga urindi, ammo biz himoyada berkinib o'tirmadik, bosimni shunchaki kutmadik — o'z vaziyatlarimizni yaratdik. Har ikki jamoa ham hujumkor futbol ko'rsatishga intildi", — deya Kompanining so'zlarini Bayern & Germany keltirdi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Bavariya" "Borussiya"dan ustunligini mavsum yakunigacha qolgan 10 tur oldidan 11 ochkogacha oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Bavariyaning Dortmund ustidan g'alabasini yuqori baholadi