Gvardiola Holann qachon maydonga qaytishini bilmayapti

“Manchester Siti” APLning shanba kungi bahsida “Lids”ni 1:0 hisobida magʻlub etdi, biroq uchrashuvni Erling Holannsiz oʻtkazdi. Norvegiyalik hujumchi mashgʻulotdagi jarohati sabab o‘yinda qatnashmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oʻyindan keyin jurnalistlar yana Holannning ahvoli haqida bosh murabbiy Xosep Gvardioladan soʻrashdi. Mutaxassis BBCga bergan izohida futbolchining qachon safga qaytishini aniq ayta olmasligini, lekin muammo jiddiy emas deb o‘ylayotganini ta’kidladi.
“Lids”ga qarshi bahsda “Manchester Siti”ning g‘alaba golini Antuan Semenyo urdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…