Dzen'ga Inter haqida aytilgan gaplarga javob qaytardi

Milanning “Inter” jamoasida darvozabon bo‘lib o‘ynagan Val'ter Dzen'ga norvegiyalik “Bude-Glimt”ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin jamoa ko‘rsatgan reaksiyani yetarli, deb hisoblaydi. O‘sha o‘yin “Inter”ning Yevropa Chempionlar ligasidan kutilmagan tarzda chiqib ketishiga sabab bo‘lgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shundan so‘ng “neradzurrilar” A Seriyaning navbatdagi turida “Jenoa”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, maydonda o‘ziga xos javob qaytardi.
Dzen'ga “Bude” bilan o‘yin tasodif edi, bunday holat hammaning boshidan o‘tadi, deya ta’kidladi. Uning aytishicha, yana “Inter tugadi” degan gaplar yangradi, biroq jamoa hozir 22 ta g‘alaba va 67 ochko bilan o‘z kuchini isbotlab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Val'ter Dzen'ga “Inter” safida 1994 yilgacha to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!