date

Rozenyor Chelsida uzoq muddatli muvaffaqiyat qurmoqchi

Rozenyor Chelsida uzoq muddatli muvaffaqiyat qurmoqchi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rozenyor klubdagi kelajagi va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli angliyalik mutaxassis yanvar oyining boshida londonliklar boshqaruvini qo‘lga olgan. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan.

«Hozir shu o‘rindiqda o‘tiribman va, albatta, imkon qadar uzoqroq shu yerda qolishni xohlayman. «Chelsi»da ko‘p yillar ishlash niyatim bor. Bu faqat men haqida emas — futbolchilar, egalar, xodimlar va sport direktorlariga ham tegishli. Men uzoq muddatli va juda muvaffaqiyatli loyihaning bir bo‘lagi bo‘lishni istayman. Shu sabab bu chaqiriqni qabul qildim», — jurnalist Bobbi Vinsent Rozenyor so‘zlarini keltirdi.

Bugun «Chelsi» APL doirasida safarda «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rozenyor Chelsida uzoq muddatli muvaffaqiyat qurmoqchi