date

Golovin Monakoda ketma-ket uch o'yinda assist qildi

Golovin Monakoda ketma-ket uch o'yinda assist qildi

Fransiya chempionati 24-tur uchrashuvlari doirasida Aleksandr Golovin to'p surayotgan «Monako» shanba kuni «Anje»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Rossiyalik yarim himoyachi bu o'yinda ham samarali harakat qilib, golga uzatma muallifiga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma'lum bo'lishicha, Golovin «Monako» safida ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham hamkoriga assist berdi. Bu seriya uning monakoliklar tarkibidagi shaxsiy rekordiga aylandi — avval u fransuz klubida bunday uzoq davom etgan assistlar ketma-ketligini qayd etmagandi.

Eslatib o'tamiz, Golovin 2018 yildan beri «Monako» sharafini himoya qilib keladi. Hozirda klub Fransiya chempionati turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Golovin Monakoda ketma-ket uch o'yinda assist qildi