date

Milan 19 yoshli braziliyalik Andre bilan kelishuvga yaqin

Milan 19 yoshli braziliyalik Andre bilan kelishuvga yaqin

“Korintians” yarimhimoyachisi Andre “Milan”ga o‘tishga rozilik berdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, “rossoneri” vakillari 19 yoshli futbolchi bilan prinsipial kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, yosh хавбек bilan tuziladigan shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallanadi. Hozircha “Milan” transfer bo‘yicha “Korintians” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va futbolchi uchun taxminan 15 million yevro taklif qilmoqda.

Andre “Korintians”ning asosiy jamoasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. U markaziy yarimhimoyada ham, qanotlarda ham samarali o‘ynay oladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha kuchda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan 19 yoshli braziliyalik Andre bilan kelishuvga yaqin